XOMILADORAYOLLARDA GEPATIT «C» KASALLIGININGKECHISHXUSUSIYATLARI

Автор: admin от 28-04-2014, 15:23

Muammoning dolzarbligi: Gepatit C kasalligi yer yuzida keng tarqalgan kasalliklar guruxiga kirib, dunyo axolisining 3% ga yaqini gepatit C (HCV) kasalligigachalingan.Gepatit C kasalligi ko’p hollarda simptomsiz kechib, surunkali turga o’tishi, jigar cirrozi va karcinomasi bilan asoratlanishi mumkin [1].

Bukasallikda, taxminan 17-25% hollarda «GepatitC» kasalliginingotkirshaklibilankasallanganbemorlardaspontansogayishkuzatiladi, qolganbemorlardakasallikozvaqtidatashxislanmasligivadavolanmasligibois, jigarhujayralariningsurunkaliyalliglanishirivojlanib, ogirasoratlargaolibkeladi[2].

Virusli gepatit C kasalligining homiladorayollarda homilaga vertikal yol orqali uzatilishi soglikni saqlash tizimining dolzarb muammosi bolib kelmoqda. Onadan bolaga HCV infeksiyasining yuqishi vertikal yol yani, homiladorlik vaqtida onadan homilaga, tugish jarayonida, tugruqvaqtida va postnatal davrda yuqishi mumkin. Agar xomilador ayollar doimiy ravishda shifokor kuzatuvi ostida bolishsa, xomiladorlik gepatit C kasalligining kechishiga, kasallik esa ona va bola umumiy axvoliga tasir qilmaydi. Kasallikning surunkali shakllarida homila rivojlanishining ortda qolishi va chalatug’ilish hollari uchraydi. Homiladorlik davrida gepatit C virusiga nisbatanishlab chiqarilgan antitelolar homilaga yo’ldosh orqali o’tishi mumkin. Odatda antitelolar qonda 12-15 (ayrim hollarda 18) oy davomida aylanib yuradi.

Ish maqsadi:Homilador ayollarda gepatit C kasalliginingkechish xususiyatlarini o’rganishdan iborat. Shu maqsadda biz Samarqand shaxridagiviloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida «Gepatit C» kasalligi bilan davolanib chiqgan 40 ta homilador ayollarning kasallik tarixlarini retrospektiv taxliletdik.

Tekshirish materillari va usullari: Samarkand shaxridagi yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida davolangan homilador ayollarda klinik laborator tekshirishlar o’tkazildi. Ularning 40 tasida gepatitCkasalligi virusiga qarshi antitelo IFA usuli yordamida aniqlangan. Shuningdek bemorlar tashxisi PZR va UTT natijalariga asoslangan holda tasdiqlangan. 2009-2013yillar davomida VYuKKSh (Viloyat yukumli kasalliklar klinik shifoxonasi) ga «Gepatit C» kasalligi tashxisi bilan 40 ta homilador ayol murojaat etishgan. Homilador ayollar shifoxonaga asosan kasallikning boshlang’ich davrida murojaat etishgan. Ularning 72% da kasallikning surunkali shakllari

Laborator tekshiruvlardan bemorlarga umumiy qon taxlili, umumiy siydik taxlili,umumiy axlat taxlili, qon bioximiyasi, PZR (polimeraz zanjirli reakstiya) tekshiruvi o’tkazilgan. Bemorlarning barchasida HCV antitela musbat topilgan. Qon bioximiyasida bilirubin miqdorining 29,9 dan 320 mm/lgacha oshganligi, timol sinamasining oshganligi (8,9 mmol/lgacha), sulema sinamasining 2,2 dan 1,48 gacha pasayganligi aniqlanadi. Qonda umumiy oqsil miqdori 4,5 g/lgacha kamayganligi qaydetilgan. Umumiy qon taxlilida bemorlarning 100% da kamqonlik aniqlanilgan. Shulardan o’rta darajali kamqonlik (70-90g/l) 67,7% bemorlarda, og’ir darajadagi kamqonlik (70-55 g/l) kamqonlik 33,3% bemorlarda aniqlandi.

Taxlillarga ko’ra, ayrim homilador ayollarda qon zardobida transaminazalar miqdori kamayishi (32,8%), qondagi aylanib yurgan virus miqdori ham pasayishi aniqlangan (24,6%).Bu holat homilador ayollar immmun tizimining o’zgarishi va qonda jinsiy gormonlar esterogenlar miqdorining ortishibilan bog’lik.


aniqlangan. Homilador ayollarning 17% birinchi homiladorlik, 83% takroriy homiladorlik aniqlangan. Ularning yashash manzilgoxlari tekshirilganda 66% tuman axolisi, 34% shaxar axolisi ekanligi aniqlandi. Epidemiologik anamnezi taxlil etilganda, 3,8% boshidan turli operactiyalarni o’tkazganligi, 22,5% turmush o’rtog’i o’z ishi yuzasidan xorij davlatlarida bo’lganligi, 15,6% birinchi tug’ruq kesar-kesish operaciyasi orqali amalga oshirilganligi, 21% bemorlar tishlarini davolatganligi, 25,7% doimiy ravishda pedikyur va manikyur xizmatidan foydalanishi aniqlandi. Bemorlarning 11,4% kasallik sabablarini aniqlash imkonibo’lmadi.

Bemorlarda kasallikning quyidagi shakllari aniqlandi: bemorlarning 27,5% kasallikning o’tkir shakli, 72,5% kasallikning surunkali shakli aniqlandi. Kasallikning o’tkir shakli 11,7% holda yengil, 68,3% holda o’rta og’ir, 20,4% holda og’ir shaklda o’tdi. Ayrim bemorlarda kasallikning atipik shakllari kuzatildi: 9,8% bemorlarda sariqsiz shaklda, 23,7% holda kasallikning bilinar bilinmas shakli aniqlandi.

«Surunkaligepatit C» tashxisi bo’yicha bemorlar quyidagi og’irlik darajalari bo’yicha taqsimlandi: «Minimal faollik darajasi»-6 bemorda, «Past faollik darajasi»-11, «O’rtacha faollik darajasi»-7, «Yuqori faollik darajasi»-5 bemordaaniqlandi.

Kuzatuv davomida ayollardan 13,3% homilaning «Gepatit C» kasalligi bilan zararlanishi kuzatilgan. 20% bemorlarda homiladorlik davrida uyquchanlik, holsizlik, ishkobiliyatining pasayishi, ko’ngil aynishi, ishtaxaning pasayishi, tana vaznining kamayishi, o’ng qovurg’a ravog’i ostida discomfort hissi kuzatilgan. 23,7% bemorlarda klinik belgilar kuzatilmagani holda qondagi fermentlar miqdorining o’zgarishi va gestozlar aniqlangan. 3,7% bemorlarda kasallik teridagi toshmalar va bo’g’im og’riklari belgilari kuzatilishi bilan namoyon bo’lgan. 33,6% bemorlarda qusish, ko’ngil aynishi, o’ng qovurg’a ravog’i ostida og’riq, siydik rangining o’zgarishi, teri qoplamlari va skleraning sargayishi, jigar va taloq o’lchamlarining kattalashishi aniqlangan. Biroq tug’ruq o’z vaqtida boshlanib, xomilaning sog’lom dunyoga kelishi qayd etilgan. 17% bemorlarda kasallik og’ir kechganligi bois, homiladorlikning erta muddatlarida homilaning muddatidan oldin tug’ilishi (2 ayolda), o’lik homilatug’ilishi (3 ayolda), homiladorlikning erta davrlarida bolatashlash (2 ayolda) xolati yuzbergan.

 

Biroq shuni aloxida ta’kidlash lozimki, gepatit C virusi ona sutida qon zardobiga nisbatan kam miqdorda bo’ladi. Shu bois ham ona suti bilan bolani emizish bola sog’ligiga xavf tug’dirishi to’g’risidagi faktlar o’ztasdig’ini topgani yo’q. Biroq ona ko’kragidagi shilinishlar bolaga kasallik o’tish xavfining ortishiga olibkeladi.

Xulosa

Xomiladorayollarning 28% da o’tkir gepatit C, 72% da surunkali gepatit Ckasalligi aniqlanilgan. 88,6% bemorlarda parenteral aralashuv anamnezida borligi tasdiqlangan. Virusli gepatit C kasalligida homilador ayollar doimiy ravishda akusherginekolog, terapevt va infeksionist kuzatiuvi ostida bo’lishlari lozim. 23,7% bemorlarda kasallikning klinik belgilari kuzatilmagan. Ularda tug’ruq jarayoni va tug’ruq usuli kasallikning kechishiga qarab aniqlanishi lozim. Gepatit C kasalligining onasuti orqali berilmasligini e’tiborga olgan holda ko’krak suti bilan emizishni to’xtatmagan ma’qul.

 

Adabiyotlar

1.      Знойко O. O. Острый вирусный гепатит С (клиника, диагностика, исходы) Автореф.дисс.канд.мед.наук -M., 1994.

2.      МайерК.П. Гепатит и последствия гепатита - M.: ГЕОТАР, Медицина, 1999. — 432 с.

3.      МартынюкГ.А., Шахгильдян И.В., Крамарев С.А., Кузьмин С.Н., Муляр И.С., Самохвалов Е.И. и др. Гепатит С на территории северо-западной Украины // Эпидемиология и инфекционные болезни. — 1998. — №4. — с. 25—28.

4.      Сологуб Т.В., Погромская М.Н., Васюкова С.С., Кунина T.A. Влияние инфекции на характер течения беременности, родов и потомство // Тез.докл.юбил.научн.Конф. «Инфектология. Достижения и перспективы». — СПб., 1996. — с. 194.

5.      Сологуб Т.В., Васюкова С.С., Погромская М.Н. Характеристика вирусной инфекции у беременных // Российский журнал гастроэнтерологии, гепатологии и колопроктологии. — 1996. — т.4. — №4. — с. 696.

6.      СологубТ.В., Погромская М.Н. Влияние вирусной инфекции на беременность и развитие новорожденного // РМЖ - 1998. — т.1. — с.56—59.

7.      Соринсон С.Н. Вирусные гепатиты. — СПб: 1998., — с. 325.

8.      Фарбер Н.А., Мартынов К.А., Гуртовой Б.Л. Вирусные гепатиты у беременных. — M.: Медицина, 1990. — 208 с.

 

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Комментарии:

Оставить комментарий
\r\n"; } } } ?>

г.Самарканд, ул. Амира Темура, 18.

Тел: +998979291009; E-mail: vestnikvracha.vv@gmail.com; doctor_axboroti@inbox.uz