BOLALARDA QUTURISH KASALLIGI EPIDEMIOLOGIK OMILLARI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Автор: admin от 26-04-2014, 11:05

 

Mavzuning dolzarbligi:Quturish kasalligi odamlarda va hayvonlarda uchraydigan zооаntrоpоnоz kasalliklar guruxiga kiradi. Odamzodga bu kasallik ming yillar davomida ma’lum bo’lishiga qaramasdan hozirgi vaqtda hamkam o’rganilgan va odamlar uchun juda xavfli kasalliklardan biri bo’lib qolmoqda. Quturish kasalligidan har yili dunyo bo’ylab 55 mingdan ortiq odam o`ladi va 7 mln.ga yaqin odam o`lim havfini antirabik emlashlar orqali bartaraf qiladi (Kantorovich R.A., 2006). Quturish kasalligi odamlar va hayvonlar o’rtasida deyarli butun dunyo bo’yicha tarqalgan bo’lib, faqatgina ayrim davlatlar bu kasallikdan mustasno (Мasalan: Avstraliya, Angliya, Yangi Zelandiya).

Bu kasallik virus etiologiyali yuqumli kasallik bo’lib tabiiy o`choqlilik xususiyatiga ega. Ayrim hududlarda quturish kаsаlligining yovvoyi uchoqlari paydo bo`lishi va kasallik faqat yovvoyi hayvonlar orasida tarqalib qolmay, balki odamlar populyasiyasiga ham kirib kelishi mumkin. Keyingi yillarda shahar va qishloqlarda daydi it va mushuklar ko`payib borishi jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Rоssiya federasiyasida har yili 5-15ta quturish kasalligi 100 ming aholi o’rtasida kuzatilib turаdi (Onishenko G.G., 2000).

Quturish kasalligi bo’yicha epizootik holatlarni o`rganish tabiiy sharoitlarda muhimijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Shuningdek, ma’lum hududlarda uning o`zgaruvchanligini tаhlil qilish e’tiborga molik. Shu nazariyaga asoslangan holda ba’zi xududlar doimiy ravishda quturish kasalligining o`chog’i bo’lsa, boshqa xududlardа esa bu kasallik bir necha yillar oralig’ida qaytalanib turadi.Bu xududlarda kasallik odatda har 2-5 yilda, ayrim holatlarda esa har 7-10 yil oralig’ida qaytalanаdi. Keyingi yillarda ko`pgina davlatlar qatori O’zbekistonda ham quturish kasalligi bilan kasallangan bemorlar soni oshib borishining sabablaridan biri yovvoyi hayvonlarning odamlarga va uy hayvonlariga hujum qilishlari ko’paymoqda (Usmonov U.M., 2000, Shomansurova Sh.Sh. 2004, Usmonov A.M., 2007).

Tadqiqod maqsadi: Bolalarga quturish kasalligini epidemiologik omillarni va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Tekshirish materiallari va ularning usullari:Shu maqsadda Samarqand viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasida oxirgi 10 yil

qo’shimcha holda bemorda nafas olishning, yutinishning qiyinlashuvi, bundan tashqari bosh og’rig’i, talvasa sindromi, qayd qilish, akustikofobiya (qattiq ovozga qo’rquv) belgilari kuzatilgan. Bemorlar shifoxona sharoitida davolanishda simptomatik muolajalarini olishgan. Shundan so’ng bemorlarda bosh miya faoliyatining buzilishi, parez-paralichlar, nafas, yurak faoliyatining yetishmovchiligi sababli

o`lim yuz bergan.

 Xulosa. Samarqand viloyatining Payariq, Past-darg’om, Bulung’ur tumanlarida nisbatan
 

davomida yotgan bemor bolalarning kasallik tarixlari retrospektiv taxlil qilindi.

Tekshirish natijalari:Samarqand viloyati Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga 16 ta bemor murojaat qilgan bo’lib, ular 3-14 yoshdagi bolalar bo’lgan.Bolalarning yoshi bo`yicha 3 yoshdan to 6 yoshgacha 3 ta(18,75%), 7 yoshdan to 11 yoshgacha 10 ta (62,5%) va 12 yoshdan to 14 yoshgacha 3 ta (18,75%) tashkil etgan. Bolalarning aksariyati o’g’il bola 13 ta (81,25%)dan va 3 ta (18,75%) qiz boladan iborat.Bemorlarningmanzilgohlari taxlil etilganda Payariq tumanida 4 ta (25%), Pastdarg’om tumanida3 ta (18,75%), Bulung’ur tumanida 3 ta (18,75%), Tayloq tumanida 2 ta (12,5%) va Urgut, Ishtixon, Kattaqurg’on, Samarqand tumanlaridan 1 tadan (6.25%) bemorlar murojaat etgan. Shunisi e’tiborga molikki, bolalarning ko’pchiligi maktab yoshidagi bolalar bo’lib, kasallik bolalarda quturgan daydi itlar 10 ta (62.5%) va uy it va mushuklar6 ta (37,5%) tishlashi tufayli sodir bo’lgan. Zararlaninish bemorning 13 tasida (81,25%) qo`l va oyoqlar soxasidan, 2 tasida (12,5%) boshning yuz soxasidan va 1 tasida (6,25%) tanasining (bel soxasi) tishlanishi natijasida kelib chiqqan. Anamnestik ma’lumotlariga ko’ra, kasallikning yashirin davri bemorlarning7 tasida (43,75%)6 oydan to 10 oygacha, 6 tasida (37,5%) 3 oydan to 5 oygacha, 2 tasida (12,5%) 1 oyni va 1 tasida (6.25%) 2 oy davom etgan. Bemorlarning14 tasi (87,5%) it tishlagandan so’ng hattoki davolash muassasiga ham murojaat etmagan va jarohat sohasi tibbiy ishlov berilmagan, qolgan2 tasida (12,5%) boshning yuz soxasidan tishlangan jarohatidan so’ng tumanshifoxonasiga murojaat etgan va antirabik vaksina olishiga qaramasdan kasallik bolalarda rivojlangan.

Kasallikning boshlang`ich davrlarida9 tasida (56,25%) bir necha soatdan to 1 kungacha,5 tasida (31,25%) 2 kun va2 tasida (12,5%) 3 kun davom etgan. Kasallikning II-chi avj olish davri 10 tasida (62,5%)bir necha soatdan to 24 soatgacha,3 tasida (18,75%) 2 kun va 3 tasida (18,75%) 3 kun davom etgan. Kasallikning III-chi falajlanish davridabolalarda kasallik bir necha soatdan 18-20soatgacha davom etgan.

Ob’ektiv ko’rikda: bemorlarning axvoli og’ir, ularda kuchli qo`rquv hissi, tana haroratining 38,5-390C ga ko`tarilishi, yurakning tez urishi, aerofobiya, fotofobiya, gidrofobiya (suv oqishi, ovozini eshitish tufayli qo`rquv hissi) bularga ko`p tarqalganligini inobatga olib, bu tumanlarda

kasallikning epidemiologik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni va veterinariya nazoratini kuchaytirish lozim.

  Kasallik asosan maktab yoshdagi bolalarda ko`p kuzatilganligi sabablimaktablarda, shu-ningdek, boshlangich ta’lim muassasalarida sanitariya-oqartiruv ishlarini yo’lga qo’yish, antirabik vaksina va immunoglobulinning naqadar muhimligini tushuntirish, ota-onalar orasida shu kasallik profilaktikasi bo`yicha ma’ruzalar tashkil qilish lozim.

                                                        Adabiyotlar

1. Канторович Р.А. Современные проблемы экологии и природной очаговости бешенства // Природно-очаговые антропозоонозы: Тез. докл. IX Всесоюзн. конф. Омск, 2006. - С.59-60.2. Ботвинкин А.Д. Особенности эпидемиологии гидрофобии и экологии вируса бешенства в условиях преобладания очагов природного типа // М., 2002. –С.58-62.3. Алимов, Д. М. О природной очаговости бешенства в Узбекистане // М., 1999. - С. 94.Онищенко Г.Г. Распространение вирусных природно-очаговых инфекций в Российской Федерации и меры по их профилактике // Эпид. и инф. Болезни. М., -2000. -№4. –С.4-8.5.Усманов У.М., Усманов А.М. Медико-социальные аспекты бешенства в Республике Узбекистан // Ташкент: НИИ СГ и ПЗ.,

2000. – С. 145

 

Qurbonova L.M.,

Baxrieva Z.

Orziqulov A.O.,

Shodieva D.A.

 

BrusellYOz bilan og’rigan bemorlarda elektrokardiogrammaning o’ziga xos xususiyatlari

SamMI (rektor – prof. Shamsiev A.M.) yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va dermatovenerologiya kafedrasi

 

 


Mavzuning dolzarbligi: Brusellyoz infeksiyada yurak-qon tomir tizimining zararlanishi patogenetik darajada isbotlab berilgan. Ko’pchilik mualliflar ma'lumotlariga qaraganda, brusellyoz bilan og’rigan bemorlarda yurak-qon tomir tizimining zararlanishi miokarditlar, miokardiodistrofiyalar, perikarditlar rivojlanishi bilan xarakterlanadi (Arbulieva E.A. 2000, Zenkov N.K., 1996). Ko’pincha bu ơzgarishlar funksional xarakterda bo’lib, faqatgina maxsus tekshiruvlar natijasidagina aniqlanilishi mumkin. Shuning uchun ham infeksion kasalliklarda shu jumladan brusellyoz kasalligida xam yurak-qon tomir tizimi tomonidagi funksional o’zgarishlarning darajasi va xarakterini aniqlash uchun turli xildagi instrumental tekshiruv usullardan, eng avvalo esa elektrokardiografiya usulida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuni ta'kidlash lozimki, brusellyozda elektrokardiogrammadagi ơzgarishlar qaytar xarakterga ega bo’lib, miokarddagi diffuz-distrofik buzilishni ko’rsatadi. Ba'zi hollarda bu o’zgarishlar turg’un xarakterga ega bo’lib, bu miokarddagi turg’un o’zgarishlardan dalolatdir.

N.D. Yushuk va hammualliflar olib borgan
yordam k o’rsatishni tashkillashtirish.

Tekshirish materiallari va uslublari: Samarkand viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida oxirgi 3 yil davomida brusellyoz tashxisi bilan davolangan 100ta bemorlarni klinik va instrumental tekshirdik. Bemorlar yoshi 16 dan 69 yoshgacha b o’lgan diapazon orasida edi. Shundan 56ta bemor o’tkir brusellyoz, 19 ta bemor o’tkir osti brusellyoz va 25 ta bemor surunkali brusellyoz tashxisi bilan davolangan bemorlarda elektrokardiografik tekshiruvlar natijalarini tahlilini o’tkazdik.


 

EKG tekshiruvlarda quyidagi o’zgarishlarni aniqlashgan: avtomatizm buzilishi (sinusli bradikardiya, aritmiya, taxikardiya) - 69.7% brusellyozning o’tkir shakli bilan og’rigan bemorlarda va 35.8% brusellyozning surunkali shakli bilan og’rigan bemorlarda aniqlangan. Yurak ichi o’tkazuvchanligining buzilishi (AV-blokadalar, qorinchalar ichi blokadasi ekstrasistoliyasi yurak qo’zg’aluvchanligining buzilishi (qorinchalar usti ekstrasistoliyasi va qorinchalar ekstrasistoliyasi) 23,1% brusellyozning o’tkir shakli bilan og’rigan bemorlarda va 20.4% brusellyozning surunkali shakli bilan og’rigan bemorlarda kuzatilgan. Repolyarizasiyaning buzilishi (qorinchalar kompleksining oxirgi qismining o’zgarishi, qorinchalarning erta repolyarizasiyasi sindromi) 20% brusellyozning o’tkir shakli bilan og’rigan bemorlarda va 12.3% brusellyozning surunkali shakli bilan og’rigan bemorlarda aniqlangan.

Tadqiqotning maqsadi: Brusellyoz kasalligida yurak qon tomir tizimi zararlanishini o’rganish va ushbu kasallik bilan og’rigan bemorlarda yurak qon tomir tizimidagi o’zgarishlarni erta aniqlash vaqtida yuqori sifatli

Olingan natijalar: brusellyozning o’tkir shakli bilan og’rigan bemorlarning EKG larini tahlilini quyidagi jadvalda keltiramiz.

Demak, brusellyozning o’tkir shakli bilan og’rigan bemorlarning 50%ida sinusli taxikardiya, 5.3% ida sinusli bradikardiya, 17.8 %ida sinusli aritmiya, 8.9%ida qorinchalar ekstrasistoliyasi, 5.3%ida atrioventrikulyar blokadaning I darajasi, 12.5%ida qorinchalar ichi blokadasi, 21.4%ida qorinchalarning erta repolyarizasiyalanish sindromi, 26,7% bemorlarda miokardda diffuz o’zgarishlar aniqlangan.

                                                           

Brusellyozning o’tkir osti shakli bilan og’rigan bemorlarning EKG larini tahlilini quyidagi jadvalda keltiramiz:

o’tkir osti brusellyoz bilan og’rigan bemorlarning EKG o’zgarishlari

Brusellyozning o’tkir osti shakli bilan og’rigan bemorlarning 78.9%ida sinusli taxikardiya, 5.2% ida sinusli bradikardiya, 15.7 %ida sinusli aritmiya, 10.5%ida qorinchalar ekstrasistoliyasi, 5.2%ida atrioventrikulyar blokadaning I darajasi, 21%ida qorinchalar ichi blokadasi, 36.8%ida qorinchalarning erta repolyarizasiyalanish sindromi, 21% bemorlarda miokardda diffuz o’zgarishlar tashxislandi. Brusellyozning surunkali shakli bilan og’rigan bemorlarning EKG larini tahlilini quyidagi jadvalda keltiramiz (3 jadval).

Surunkali brusellyoz bilan og’rigan bemorlarning EKG o’zgarishlari

Brusellyozning surunkali shakli bilan og’rigan bemorlarning 42.1%ida sinusli taxikardiya, 20% ida sinusli bradikardiya, 16 %ida sinusli aritmiya, 20%ida qorinchalar ekstrasistoliyasi, 16%ida atrioventrikulyar blokadaning I darajasi, 36%ida

 

 

qorinchalar ichi blokadasi, 40%ida qorinchalarning erta repolyarizasiyalanish sindromi, 64% bemorlarda miokardda diffuz o’zgarishlar aniqlandi.

Xulosa: Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, brusellyoz bilan og’rigan barcha bemorlarni yurak-qon tomir tizimi faolityatini klinik va instrumental tekshirishni tashkil qilish, barcha bemorlarga elektrokardiografik tekshiruv o’tkazilish va yurak-qon tomir tizimi faolityai buzilishi aniqlangan barcha bemorlarga kardiolog k o’rigini tavsiya qilish zarur.

Brusellyoz bilan og’rigan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi zararlanishi shubha uyg’otmaydi, lekin mualliflar tomonidan tomir va yurakga xos o’zgarishlarning tasvirlanishi ba'zida bir-biriga qarshi fikrlar keltirib chiqaradi. Brusellez kasalligida qon aylanish tizimini o’zgarishlarini aniqlash, har bir regionda kasallikning kechishi va uning qon tomir tizimiga k o’rsatadigan ta'sirini o’rganish va ushbu regionlar uchun zarur normativlar va tavsiyalar ishlab chiqishda, zamonaviy medisina yutuqlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.

 

 Adabiyotlar

1. Арбулиева Е.А. Клиническая характеристика бруцеллеза в республике Дагестан /Е.А. Арбулиева, Н.М.-Г. Зульпукарова, Б.Н. Кичиева // Сборник научных трудов VI Республиканской научно-практической конференции "Зоонозы: Актуальные проблемы в клинике и эксперимен­те". - Махачкала, 2000. - С. 121-124.

2.Зенков Н.К. Окислительная модификация липопротеинов низкой плот­ности /Н.К. Зенков, Е.Б. Меныциков // Успехи современной биологии. - 1996. - Т.116 - Вып. 6 - С. 729-738..

3.Ющук Н.Д. Лекции по инфекционным болезням / Н.Д. Ющук, К. Я. Венгеров.- М.: ВУМНЦ, 1999. - T.L. - С. 322 - 338.

 

 

Qurbonova L.M.,

Shodieva D.A.,

Orziqulov A.O.,

Baxrieva Z.

Brusellyoz kasalligida yurak-qon tomir tizimida bo’ladigan o’zgarishlar

SamMI (rektor – prof. Shamsiev A.M.) yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va dermatovenerologiya kafedrasi

 

 

 


Tadqiqotning dolzarbligi. Brusellyoz bilan kasallanish va u bilan kurashish xozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Sog’likni Saqlash Vazirligining asosiy muammolaridan biri bo’lib kelmoqda. Respublikamizning ayrim ma'muriy territoriyalarida, jumladan Navoiy, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida brusellyoz bo’yicha epidemik jarayon nostabil bo’lib kelmoqda. Jahon Sog’ligni Saqlash Tashkiloti ma'lumotiga ko’ra brusellyoz kasalligi aktual muammolardan biri hisoblanadi, chunki sporadik kasallanishi yuqori darajada turadi va pasayish tendensiyasiga ega emas. Brusellyoz bilan kasallangan bemorlarda turli a'zo va tizimlar zararlanadi, shu jumladan yurak qon tomir sistemasida ham o’zgarishlar kuzatiladi (N.N. Ostrovskiy , 1996, E.S. Belozerov, 2000, V.I. Pokrovskiy,2003).

Ko’pchilik mualliflarning ma'lumotlariga qaraydigan bo’lsak, brusellyozning turli xil shakllari bilan kasallangan kasallarda: kardialgiya (9,5%-18%), taxikardiya, (2,8-22,5%),

 Shundan 56 ta bemor o’tkir brusellyoz, 19 ta bemor o’tkir osti brusellyoz va 25 ta bemor surunkali brusellyoz tashhisi bilan davolangan.

Tashhis klinik va epidemiologik ma'lumotlarga asoslanib, labarator tekshiruvlar natijasi bilan tasdiqlanib qo’yilgan bo’lib, Xedelson, Rayt serologik reaksiyalarining brusellyozli eritrositar diagnostikasi bilan musbat natijasiga asoslanib qo’yildi.

Bemorlarninng yurak-qon tomir tizimini tekshirar ekanmiz, asosan quyidagi klinik va instrumental tekshiruvlarni o’tkazdik.

Klinik va instrumental tekshiruvlardan:

•bemorlarning yurak va qon aylanish tizimi faoliyati buzilishiga oid shikoyatlari

•puls ko’rsatgichlari

•yurak auskultasiyasi

•arterial qon bosimi ko’rsatgichlari

• elektrokrdiografiya natijalarini aniqladik.

Olingan natijalar: Bemorlarning turar joyiga qarab taqsimlaydigan bo’lsak, shifoxonamizga murojaat qilgan bemorlarning 7 tasi Qashqadaryo viloyatidan, 22 tasi Jizzax viloyatidan, Surxondaryo viloyatidan 1 ta bemor va qolgan 70 ta bemorning doimiy turar joylari Samarqand viloyatidir. Samarqand viloyatida yashovchilarni turar joylari bơyicha taqsimlaydigan bo’lsak, Nurobod tumanida yashovchi bemorlar 17 kishi, Qo’shrobodliklar 7 kishi, Payariqdan 9 kishi, Urgutdan 10 ta bemor, Pastdarg’omliklar 8 kishi, Bulung’ur tumanidan 4 ta bemor, Jomboy tumanidan 3 ta bemor, Tayloq tumanidan 3 ta bemor, Samarqand tumanidan 5 ta bemor, Samarqand shahridan 2 ta bemor, Ishtixon va Kattaqo’rg’on tumanlaridan 1 ta dan bemorni tekshirdik.

Brusellyoz bilan kasallangan bemorlarning yurak-qon tomir tizimini tekshirganimizda brusellyozning o’tkir shakli bilan og’rigan 42 (75%)ta bemorda, o’tkir osti shakli bilan og’rigan 16 (84.2%)ta bemorda va surunkali shakli bilan og’rigan 20 ta (80%) bemorda yurak – qon tomir tomonidan o’zgarishlar aniqlandi. Bunda o’tkir brusellyoz bilan og’rigan kasallarning 67.8% ida ya’ni 38 ta bemorda va surunkali shakli bilan og’rigan 48% ida ya’ni 12 ta bemorda, xamda o’tkir osti shakli bilan og’rigan 47.3% ida ya’ni 9 ta bemorda kardiomiopatiyani, o’tkir brusellyoz bilan og’rigan kasallarning 7.1% ida ya’ni 4 ta bemorda va surunkali shakli bilan og’rigan 28% ida ya’ni 7 ta bemorda, hamda o’tkir osti shakli bilan og’rigan 36.8% ida ya’ni 7 ta bemorda miokarditni. Surunkali miokardit bilan og’rigan 1(4%)ta bemorda perikardit tashhisi qo’yilgan.

«Miokardit» tashhisi Nyu-York yurak assosiasiyasining kriteriyalariga (NYHA 1964, 1973) asoslanilib tashhislandi. «Kardiomiopatiya»

 o’rtacha 89.3±0.88, erkaklarda esa 94,5±0,75, diastolik qon bosimi ayollarda o’rtacha 60.3±0.56, erkaklarda esa 70.3±1.6 ni tashkil qildi.

Brusellyozning turli shakllari bilan og’rigan bemorlarda qayd qilingan elektrokardiogramma natijalarini tahlil qiladigan bo’lsak, EKG dagi o’zgarishlar 87 ta kasallarda (87%) aniqlanildi. EKG dagi o’zgarishlarga ritm buzilish, avtomatizm buzilish, o’tkazuvchanlik buzilishi hollari aniqlanildi.

Xulosa: Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki,

 

 

bradikardiya, (2,3-6%), sinusli aritmiya (4,8%-25%), ekstrasistoliya, qorinchalar ichi blokadasi (7,1-31%), yurak tonlari bo’g’iqligi (18%-72%), yurak cho’qqisida sistolik shovqin (2,8%-44%), yurak chegaralarining chapga kengayishi. (4,2%) Adabiyotlardagi ma'lumotlariga kơra, brusellyoz bilan kasallangan kasallarda: miokardit (2,5-5,8%), miokardiodistrofiya (5,4%-40%) tashhislanadi. (G.F. Barbanchik 1999, V.A. Barsel, V.D. Vaxlev, 1998).

Tadqiqotning maqsadi:Brusellyoz kasalligida yurak qon tomir tizimi zararlanishini o’rganish va ushbu kasallik bilan og’rigan bemorlarda yurak qon tomir tizimidagi o’zgarishlarni aniqlash va vaqtida yqori sifatli yordam ko’rsatishni tashkillashtirish.

Tekshirish materiallari va uslublari:biz Samarkand viloyat yuquumli kasalliklar klinik shifoxonasida oxirgi 3 yil davomida brusellyoz tashhisi bilan davolangan 100ta bemorlarni klinik va instrumental tekshirdik. Bemorlar yoshi 16 dan 69 yoshgacha bo’lgan diapazon orasida edi.

tashhisi JSSTning 1995 yilgi klassifikasiyasi asosida va «Perikardit» tashhisi perikardit kasalliklari klassifikasiyasi MKB-X (JSST, Jeneva, 1992)asosida tashhislandi.

Yurak-qon tomir tizimi zararlanishiga e'tibor qaratadigan bo’lsak, brusellyozning ham o’tkir, ham surunkali shakli bilan o’g’rigan bemorlarning shikoyatlarida yurak sohasida og’riq va yurakning tez-tez urishiga shikoyatlarning salmoqli qismini tashkil qiladi. Yurak sohasidagi og’riqni xarakterlab berish so’ralganida ko’pchilik bemorlar aniq xarakteristika bera olmadi va bu asosan sanchuvchi og’riqqa o’xshaydi deb ta'riflashdi. Og’riqlar sutkaning turli vaqtlarida vujudga kelib ba'zan 2-3 soatgacha davom etgan bo’lib, nitroglisirin bilan og’rik bartaraf bo’lmaganiga e'tibor qaratadigan bo’lsak bular stenokardiya xarakteridagi og’riq emas.

Brusellyozning o’tkir shakli bilan og’rigan bemorlarning 25 tasida (44.6%) kardialgiya, 28 tasida (50%) taxikardiya, 1 tasida (1.8%) inspirator xansirash, 4 ta bemorda (7.1%) yurak chegaralarining chapga siljishi, 29 tasida (51.7%) yurak tonlarining bo’g’iqligi, 19 ta bemorda (33.9%) yurak cho’qqisida sistolik shovqin aniqlanildi. O’tkir brusellyoz bilan kasallangan kasallardagi qon bosimi ko’rsatgichlariga e'tibor qaratadigan bo’lsak, bemorlardagi sistolik arterial qon bosimi ayollarda o’rtacha 90,6±0.88, erkaklarda esa 98,5±0.83, diastolik qon bosimi ayollarda o’rtacha 67.6±0.42, erkaklarda esa 70.5±1.2 ni tashkil qildi.

Brusellyozning o’tkir osti shakli bilan og’rigan bemorlarning 14 tasida (73.6%) kardialgiya, 16 tasida (84,2%) taxikardiya, 2 ta bemorda (10.5%) yurak chegaralarining chapga siljishi, 10 tasida (52.6%) yurak tonlarining bo’g’iqligi, 8 ta bemorda (42.1%) yurak chuqqisida sistolik shovqin aniqlanildi. O’tkir osti brusellyoz bilan kasallangan kasallardagi qon bosimi ko’rsatgichlariga e'tibor qaratadigan bo’lsak, bemorlardagi sistolik arterial qon bosimi ayollarda o’rtacha 91,2±0.63, erkaklarda esa 96,5±0,85, diastolik qon bosimi ayollarda o’rtacha 64.6±0.82, erkaklarda esa 72.8±1.1 ni tashkil qildi.

Brusellyozning surunkali shakli bilan og’rigan bemorlarning 20 tasida (80%) kardialgiya, 19 tasida (76%) taxikardiya, 2 tasida (8%) inspirator hansirash, 6 ta bemorda (24%) yurak chegaralarining chapga siljishi, 22 tasida (88%) yurak tonlarining bo’g’iqligi, 18 ta bemorda (72%) yurak chuqqisida sistolik shovqin aniqlanildi. Surunkali brusellyoz bilan kasallangan kasallardagi qon bosimi ko’rsatgichlariga e'tibor qaratadigan bo’lsak, bemorlardagi sistolik arterial qon bosimi ayollarda
 brusellyoz bilan og’rigan barcha bemorlarni yurak-qon tomir tizimi faoliyatini klinik va instrumental tekshirishni tashkil qilish, barcha bemorlarga elektrokardiografik tekshiruv o’tkazish va yurak-qon tomir tizimi faoliyati buzilishi aniqlangan barcha bemorlarga kardiolog ko’riginiya tavsiya qilish zarur.

                                                        Adabiyotlar

 1.Белозеров Е.С. Органопатология при бруцеллезе /Е.С. Белозеров, Е.И. Змушко // Сборник научных трудов VI Республиканской научно- практической конференции "Зоонозы: Актуальные проблемы в клинике и эксперименте". - Махачкала, 2000. - С.131-137.2.Островский H.H. Бруцеллез (руководство по инфекционным болезням) /Под ред. Покровского В.М., Лобана K.M.; H.H. Островский, Ю.Ф. Щер­бак. -М.: Медицина, 1996. - С. 135-148'.3.Покровский В.И. Актуальные проблемы инфекционной патологии / В.И. Покровский, В.В. Малеев //Эпидемиология и инфекционные болезни. - 1999.-№2.- С. 17-20.4.Барбанчик Г.Ф. Сосуды и сердце при бруцеллезе: дисс. ... докт. мед. на-: ук: Омск, 1999.- С. 3-111.5.Барсель В.А. Состояние системы перекисного окисления липидов у больных ишемической болезнью сердца /В.А. Барсель, И.С. Щедрина, В.Д. Вахляев//Кардиология.- 1998.-Т. 38, № 5. - С. 18-20.

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Комментарии:

Оставить комментарий
\r\n"; } } } ?>

г.Самарканд, ул. Амира Темура, 18.

Тел: +998979291009; E-mail: vestnikvracha.vv@gmail.com; doctor_axboroti@inbox.uz